Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tarixda ilk bor Oksford universitetiga kirish bo‘yicha ayollar erkaklarni ortda qoldirdi

Tarixda ilk bor Oksford universitetiga kirish bo‘yicha ayollar erkaklarni ortda qoldirdi

Foto: «Teorii i praktiki»

Oksford universitetida o‘qish uchun 2017-yilda erkaklarga qaraganda ayollar ko‘proq hujjat topshirdi. Bu holat tarixda ilk marta kuzatilmoqda. O‘tgan yili Oksfordning birinchi kursiga 1070 ayol va 1025 erkak qabul qilindi.

Kembrij universitetida esa ayollar hali erkaklarni quvib yetganicha yo‘q. Biroq bu yerga o‘qishga kirgan ayollar va erkaklar 50 ga 50 ni tashkil etmoqda.

Har ikki universitet o‘qishga qora tanli fuqarolar va kam ta’minlanganlarni juda kam qabul qiladi. Jumladan, 2010-2015-yillarda ta’lim muassasalariga 80 foiz boy xonadon farzandlari topshirgan bo‘lsa, qora tanlilar bor-yo‘g‘i 1,5 foizni tashkil etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring