Olimlar tushkunlikka davo topishdi

Yaponiya olimlari depressiyaga qarshi chora sifatida PA-915 molekulasini yaratishdi. U organizmga kiritilganida PAC1 stress retseptorini to‘liq qulflab, tashvish va tushkunlikni bartaraf etadi, xotirani asoratlardan tozalaydi.
Uning ta’siri ikki oygacha saqlanadi. Sinovlar surunkali stressga yo‘liqtirilgan sichqonlarda o‘tkazildi va endi odamlarda birinchi sinovlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ketmoqda.
Ma’lumot uchun: stress — tashqi chaqiriqqa (stressorga) organizmning vaqtinchalik fiziologik va psixologik reaksiyasidir, depressiya esa doimiy qayg‘u hissi, hayotga qiziqishning yo‘qolishi va organizm funksiyalarining buzilishi bilan kechadi va uzoq vaqt davolanishni talab qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter