Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaota ko‘chalariga o‘zbek avtobuslari qo‘yildi

Olmaota ko‘chalariga o‘zbek avtobuslari qo‘yildi

Foto: «Facebook.com»

«Duman Trans» xususiy kompaniyasi Olmaotadagi 17-yo‘nalish uchun uchun O‘zbekistonning «SamAvto» kompaniyasida ishlab chiqarilgan 15 dona «Isuzu» avtobusini sotib oldi. «Oljas LTD» kompaniyasi ham shaharning 62-yo‘nalishi uchun xuddi shu rusumdagi avtobuslarni xarid qildi. Bu haqda Olmaota shahri hokimligi matbuot xizmati «Facebook»dagi rasmiy sahifasi orqali xabar bergan.

Olmaota jamoat transportida yangi avtobuslarning ulushi 2018-yil oxiriga borib 80 foizga yetadi.

Matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yili Olmaotaga jami 569 ta yangi avtobus keltiriladi, shularning 65 foizini xususiy kompaniyalar olib keladi. 2017-yili keltirilgan yangi 479 ta avtobusning 80 foizi mahalliy budjet hisobidan qoplangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring