Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olti yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston yana Tojikistonga gaz yetkazib berishni boshladi

Olti yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston yana Tojikistonga gaz yetkazib berishni boshladi

Foto: «Sputnik»

O‘zbekiston Tojikistonga tabiiy gaz yetkazib berishni boshladi, deb xabar berdi «Sputnik».

Qo‘shni mamlakatga gaz yetkazib berish haqidagi shartnoma Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga bo‘lgan safari vaqtida imzolangan edi.

Shartnoma imzolanganidan so‘ng gaz yetkazib berish tizimi juda qisqa vaqt ichida qayta tiklandi. Dastlabki bosqichda gaz qo‘shni mamlakatning chegara oldi hududlari hamda yirik sanoat korxonalariga yetkazib beriladi.

Manbaning qayd etishicha, Tojikistonga gaz yetkazib berish 2012-yilda to‘xtatib qo‘yilgan edi. «Tojiktransgaz» va «O‘ztransgaz» kompaniyalari orasida imzolangan shartnomaga ko‘ra, 2018-yilda Tojikistonga 15,1 mln dollar eavaziga 126 mln metr kub gaz yetkazib beriladi. Tabiiy gaz o‘tkazish quvvati soatiga 125 ming metr kub bo‘lgan «Muzrabod — Dushanbe» quvuri orqali yetkazib beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring