Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘quvchi va talabalar uchun yangi stipendiya berish tartibi belgilandi

O‘quvchi va talabalar uchun yangi stipendiya berish tartibi belgilandi

O‘quvchilar va talabalar uchun «Zakovat stipendiyasi»ni berish tartibi tasdiqlandi.

2022-2023 o‘quv yilidan boshlab «Zakovat» intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoa a’zolari uchun yil davomida har oy «Zakovat stipendiyasi» beriladi.

«Zakovat stipendiyasi» intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida quyidagicha taqsimlanadi:

1-o‘rinni olgan o‘quvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 5 baravari miqdorida (hozirda 1 350 000 so‘m);

2-o‘rinni olgan o‘quvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 4 baravari miqdorida (hozirda 1 080 000 so‘m);

3-o‘rinni olgan o‘quvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 3 baravari miqdorida (hozirda 810 000 so‘m) belgilanadi va yil davomida har oy to‘lab beriladi.

Avvalroq, «Zakovat» klubi prezidenti» lavozimi joriy etilib, unga Abdurasul Abdullayev saylangani xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring