Orzu ro‘yobga chiqdi: Mobiuz abonenti BYD avtomobilini yutib olib, uni otasiga sovg‘a qildi
Mobiuz vakillari MobiWin aksiyasi g‘olibi Abbos Egamberdiyevga BYD avtomobili kalitlarini tantanali ravishda topshirdilar.
Oddiy kun. Oddiy qo‘ng‘iroq. Va birdan - siz BYD Song Plus Champion premium krossoverining egasiga aylanasiz! Mobiuz’ning MobiWin aksiyasining bosh g‘olibi bo‘lgan surxondaryolik Abbos Egamberdiyevning hayoti aynan shunday o‘zgardi.
"Men bilan shunday voqea yuz berganiga hali ham ishonolmayapman! Menga qo‘ng‘iroq qilib, yutuq haqida xabar berishganida, buni hazil deb o‘yladim. Bu avtomobil orzu edi va men uni otamga sovg‘a qilishga qaror qildim. U butun umri davomida oilamiz uchun fidokorona mehnat qildi va endi men unga shunday sovg‘a bilan minnatdorchiligimni bildira olaman. Abonentlaringizni yanada baxtli qilayotganingiz uchun Mobiuzga rahmat!" - deya taassurotlari bilan o‘rtoqlashadi Abbos.
Mobiuz - zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari va innovatsion yechimlarni taqdim etuvchi O‘zbekistondagi yetakchi mobil aloqa operatorlaridan biri. Kompaniya muntazam ravishda ijtimoiy tarmoqlarda o‘z abonentlari va obunachilari uchun turli aksiyalar va tanlovlar o‘tkazib kelmoqda. Zero, ularning har biri haqiqiy mo‘’jizalar sodir bo‘ladigan katta oilaning bir qismi bo‘lishga munosibdir.

Mobiuz’ning 11 yilligiga bag‘ishlangan MobiWin aksiyasi 2025 yil 20 avgustdan 20 noyabrgacha o‘tkazildi. Ishtirok etish uchun abonentlar Mobiuz mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tishlari va g‘alaba qozonish imkoniyatlarini oshirish uchun turli xil harakatlarni amalga oshirishlari lozim edi. Aksiyaning bir necha bosqichi yakuniga ko‘ra, 10 nafar omadli abonent noutbuk, 15 nafar abonent iPhone smartfonlari, yana 20 tasi esa 10 million so‘mdan pul mukofotlarini qo‘lga kiritdi.
2026 yilda ham Mobiuz abonentlarga yorqin taassurotlar ulashishda davom etmoqda. 20 yanvar kuni yana bir aksiya - "Mazali Yangi Yil»ning tasodifiy g‘olibi aniqlanadi. Unga O‘zbekiston shou-biznesi yulduzi Shohruxxon bilan birga kechki ovqat qilish imkoniyati taqdim etiladi.
Mobil aloqa operatori va uning abonentlari hayotidagi yorqin voqealardan xabardor bo‘lib turish uchun Mobiuzning Instagram-sahifasiga obuna bo‘ling.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter