Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ostonada Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Ostonada Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Foto: «President.uz»

Majlisda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston Respublikalarining Prezidentlari ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, mazkur yig‘ilish Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil sentyabrda BMT bosh assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida bildirgan taklifiga binoan o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston tashabbusi mintaqadagi barcha davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Qozog‘iston Ostona shahrida birinchi sammit o‘tkazish taklifini ilgari surdi va bu taklif to‘liq dastur sifatida noyabr oyida Samarqandda bo‘lgan «Markaziy Osiyo: bitta o‘tmish va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va o‘zaro rivojlanish yo‘lidagi hamkorlik» mavzusidagi xalqaro konferensiyada shakllandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring