Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Otabek Murodov Qozog‘iston Bosh prokurori bilan uchrashdi

Otabek Murodov Qozog‘iston Bosh prokurori bilan uchrashdi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasining taklifiga binoan Bosh prokuror boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi delegatsiyasi joriy yilning 5-dekabr kuni Qozog‘istonga tashrif buyurdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

Tashrif Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tashkillashtirilgan «Mintaqaviy hamkorlikni mustaxkamlash va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi say-harakatlarni muvofiqlashtirish» mavzusidagi yuqori darajadagi konferensiya doirasida amalga oshirildi.

Tashrif davomida Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokurori K.Kojamjarov bilan ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat prokuratura organlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni samarali va tezkor ta’minlash maqsadida mahkumlarni o‘tkazish to‘g‘risida ikki tomonlama Shartnoma tuzish hamda yopiq elektron aloqa kanalini joriy etish masalalari, shuningdek ekstraditsiya, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni qaytarish masalalari muxokama qilindi. Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokurori O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorini yaqinlashib kelayotgan davlat bayrami – O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni bilan tabriklab, O‘zbekiston xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Qozog‘iston Respublikasi prokuratura organlarining «Xalqaro hamkorlikni mustaxkamlagani uchun» esdalik medali bilan taqdirlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring