Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Otabek Umarov yana bir lavozimni egalladi

Otabek Umarov yana bir lavozimni egalladi

O‘zbekistonda yangi aralash jang san’ati federatsiyasi tashkil qilinib, unga Otabek Umarov prezident etib tayinlandi.

Kecha, 8-noyabr kuni Otabek Umarov aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti sifatida sportchilarning mashg‘ulotlarida qatnashgan.

Yaqin kunlarda O‘zbekistonda ilk marta MMA bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonda bo‘ladigan bu turnirga taniqli sportchi Habib Nurmagamedov ham tashrif buyuradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti xavfsizlik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Otabek Umarov O‘zbekiston triatlon federatsiyasida ham rahbar sifatida faoliyat olib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring