Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek armiyasiga chaqirilgan yangi askarlar jangovar qurol-aslahalar bilan tanishdi (foto)

O‘zbek armiyasiga chaqirilgan yangi askarlar jangovar qurol-aslahalar bilan tanishdi (foto)

Markaziy harbiy harbiy okrug qo‘shinlarida xizmatni burchini boshlagan muddatli harbiy xizmatchilar uchun «Forish» va «Sazagan» dala o‘quv maydonlarida jangovar texnika va qurol-yarog‘lar ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Bu haqda harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimov Xabar.uz’ga ma’lum qildi.

Odatda bu kabi ko‘rgazmali mashg‘ulotlar yangi chaqirilgan askarlar bilan O‘zbekiston armiyasida Vatanga Qasamyod tantanasidan bir kun oldin o‘tkaziladi.

Karantin qoidalariga roiya etilgan holda tashkil etilgan ko‘rgazmali va amaliy mashg‘ulotlar oldidan okrug qo‘shinlaridagi mavjud zamonaviy texnikalar haqidagi ma’lumotlar va o‘ziga xos xususiyatlari tanishtirildi.

Shundan so‘ng, muddatli xarbiy xizmatchilarga otish tayyorgarligining nazariy va amaliy jihatlari yana bir bor tushuntirildi. Poligonda ilk bor askarlar shtatdagi AK-74 qurollaridan yotgan holda 100 metr uzoqlikdagi nishonga qarata o‘q otishdi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 12 iyul kuni Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga yangi chaqirilgan askarlar uchun «Vatanga Qasamyod» tadbirlari o‘tkaziladi. Karantin sabab, ularning yaqinlari mazkur tadbirda ishtirok eta olishmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring