Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbek bokschisi Menni Pakyaoga qarshi jang qilishi mumkin

O‘zbek bokschisi Menni Pakyaoga qarshi jang qilishi mumkin

Menni Pakyao

Foto: Sputnik

Boks bo‘yicha filippinlik sobiq jahon chempioni Menni Pakyao o‘zining navbatdagi jangini aprel oyida o‘zbekistonlik bokschi Qudratillo Abduqahhorovga qarshi o‘tkazishi mumkin. Bu haqda «OLAMSPORT.COM nashri xabar bermoqda.

Bu xabarni bokschining o‘zi ham, uning hamkorlari ham tasdiqladilar.

«Pakyao aprel oyida «TOP15»dagi bokschilardan biriga qarshi reyting jangini o‘tkazishi kerak. O‘sha to‘qnashuv Malayziyada bo‘lishi kutilmoqda. Mening menejerlarim ham malayziyalik. Shu sababdan ham, u bilan kelishuvga erishishimiz
ehtimoli yuqori», - dedi Qudratillo.

Eslatib o‘tamiz, WBC tomonidan fevral oyi uchun e’lon qilingan reytingda Pakyao uchinchi,Qudratillo esa beshinchi pog‘onadan joy olgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring