Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbek san’ati og‘ir judolikka uchradi

O‘zbek san’ati og‘ir judolikka uchradi

Foto: «Xorazm madaniyati sanati olami»

Xizmat ko‘rsatgan artist, xorazmlik xonanda Rahmatjon Qurbonov 62 yoshida vafot etdi, deya ma’lum qildi «Xorazm san’at olami».

Rahmatjon Qurbonov 1959-yilda Xiva shahrida san’atkor oilasida tavallud topgan. Otasidan o‘zbek cholg‘u asboblarini chalish va mumtoz qo‘shiqlarni ijro etish uslublarini o‘rgangan.

Ijodkorning fidoyi mehnatlari munosib taqdirlanib «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist», «Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» faxriy unvonlari hamda «Mehnat shuhrati» ordeniga sazovor bo‘lgan.

Uzoq yillar Toshkent shahrida samarali faoliyat yuritdi. «Lazgi» ansambliga rahbarlik qildi. Bir necha risolalar, kitoblar, o‘quv qo‘llanmalar muallifi. R.Qurbonov O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati bo‘linmasi direktori vazifasida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2019-yil oxirlarida Toshkentdagi «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Rahmatjon Qurbonov tavalludining 60 yilligi va O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyat bo‘limining «Eslasharlar bir kun kelib bizlarni ham» deb nomlangan hisobot konserti bo‘lib o‘tgan.

Xabar.uz jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring