Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek sportchisi Paraosiyo o‘yinlarida jahon rekordini yangiladi

O‘zbek sportchisi Paraosiyo o‘yinlarida jahon rekordini yangiladi

Husniddin Norbekov.

Indoneziyaning Jakarta shahrida III Paraosiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa o‘zbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli davom etmoqda. 

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, biroz avval erkaklar o‘rtasida yadro uloqtirish bahslari nihoyasiga yetdi. Unda yurtimiz sharafini himoya qilgan Husniddin Norbekov 16,35 m natija qayd etdi va jahon rekordini o‘rnatdi.

Norbekovning medali O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun Paraosiyo o‘yinlaridagi 13-medal bo‘ldi. Ularning 9tasi oltin, 3tasi kumush va 1tasi bronza medallaridir.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa 13-oktyabr kuni nihoyasiga yetadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring