Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston delegatsiyasi Turkmanistondagi saylovda qatnashadi

O‘zbekiston delegatsiyasi Turkmanistondagi saylovda qatnashadi

Foto: «Sng.today»

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov boshchiligidagi delegatsiya 2018-yil 25-mart kuni Turkmaniston Majlis deputatlari saylovida xalqaro kuzatuvchilar sifatida ishtirok etadi.

TIV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasidan Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari, shuningdek, Turkmaniston bilan chegaradosh Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati vakillari o‘rin olgan.

O‘zbekistonning xalqaro kuzatuvchilari MDH va ShHT missiyalari tarkiblarida saylovda ishtirok etishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring