Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan dori-darmon va tibbiy buyumlar 14 ta davlatga eksport qilinmoqda

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan dori-darmon va tibbiy buyumlar 14 ta davlatga eksport qilinmoqda

Foto:«Nsn.fm»

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Sog‘liqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. 

Ayni paytda respublikamizda faoliyat yuritayotgan 162 ta korxonadan 90 tasida dori vositalari, 61 tasida tibbiy buyum va 11 tasida dori vositasi va tibbiy buyumlar ishlab chiqarmoqda. Ishlab chiqarilayotgan 2486 dan ortiq dori vositalari va 199 ta tibbiyot buyumlari tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etilib, davlat ro‘yxatiga olingan. 19 ta farmatsevtika korxonalarining 100 ga yaqin turdagi mahsulotlari xalqaro farmatsevtika bozoriga, shu jumladan, AQSh, Fransiya, Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlari va MDHga eksport qilinmoqda.  

Bundan tashqari, farmatsevtika sohasiga xorijiy investitsiyalarni  jalb qilinishi hisobiga 26 ta qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmokda. Erkin iqtisodiy zonalarda tashkil etilayotgan barcha ishlab chiqarish korxonalari qatori, farmatsevtika korxonalariga ham imtiyozlar berilishi soha rivojiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

E’tiborli jihati, mahalliy ishlab chiqaruvchi 27 ta korxona  tomonidan 25 farmakoterapevtik guruhga mansub dori vositalari va 10 nomdagi tibbiy buyumlar 14 ta xorij davlatlarga, jumladan, AQSh, Germaniya, Rossiya, Fransiya va boshqa mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Korxonalar tomonidan eksport qilingan mahsulotlar hajmi 2018 yilning 1 choragiga nisbatan 134,6 foizga oshdi.

6 ta yangi farmatsevtik bozor –Janubiy Koreya, Turkiya, Moldova, Tojikiston, Belorus va Yaman davlatlari bozorlari o‘zlashtirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring