Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston elchisi YXHT Bosh kotibi bilan uchrashdi

O‘zbekiston elchisi YXHT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Foto: «O‘zA»

O‘zbekiston Respublikasining Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakili, Elchi Abat Fayzullayev YXHT Bosh kotibi Xelga Shmid bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va YXHT o‘rtasidagi munosabatning keng doirasi, jumladan, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqboli muhokama qilindi.

YXHT Bosh kotibi O‘zbekistonning tashkilot bilan o‘zaro aloqalarini kengaytirish bo‘yicha sa’y-harakatini yuqori baholadi va tuzilma muloqotni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

So‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatda katta yutuqqa erishilgani va O‘zbekiston hamda YXHT o‘rtasidagi hamkorlik o‘zaro manfaatli bir qator yo‘nalishlarda faol rivojlanayotgani qayd etildi.

Tomonlar yoshlar masalasi bo‘yicha sheriklikni yanada chuqurlashtirish hamda gender tengligini ta’minlashga sodiqligini Shvetsiyaning YXHTga raisligi ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda tasdiqladi.

Yakunda Xelga Shmid YXHT Kotibiyati O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar va tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring