Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamini yubordi

O‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamini yubordi

Foto: PressTV

O‘zbekiston Eronga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi. Bu haqda Eronning PressTV nashri xabar berdi.

Farmatsevtika va tibbiy vositalar ortilgan 15 ta yuk mashinasi Dargaz quruqlik chegarasi orqali mamlakatga kirib keldi.

Gumanitar yuk Eron Qizil yarim oy jamiyatiga topshiriladi.

O‘zbekiston mart oyida ham Eronga insonparvarlik yordamini yuborgandi. O‘shanda yuk tarkibidan un, guruch, shakar, makaron mahsulotlari, kungaboqar yog‘i, konservalar, shuningdek dori vositalari va tibbiy buyumlar o‘rin olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring