Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston fuqarosini Suriyaga hijrat qilishga da’vat etgan shaxs aniqlandi

O‘zbekiston fuqarosini Suriyaga hijrat qilishga da’vat etgan shaxs aniqlandi

Foto: «Thenational.ae»

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida 9-yanvar kuni soat 20.42 da tushgan xabarga ko‘ra, muqaddam sudlanmagan, ishlamaydigan fuqaro S.K. 2007-yil 2-may kuni Toshkent-Sharja yo‘nalishi orqali Birlashgan Arab Amirliklariga chikib ketib, hozirda Suriyada joylashgan jangari guruhlarning moliyaviy ishlarini amalga oshirayotgani aniqlangan.

«Xabar.uz» manbasining xabariga ko‘ra, S.K. o‘zining ukasi U.K.ga bir necha marotaba internet tarmog‘i orqali o‘zining fotosuratlarini yuborib, O‘zbekistonda diniy erkinlik yo‘qligini aytgan va Suriyaga hijrat qilishga da’vat etib kelgan.

Toshkent shahar IIBB EKMning 2017-yil 25-maydagi portret ekspertizasining 1726-sonli xulosasiga asosan, U.K.ga yuborilgan fotosuratdagi odamning shaxsi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244/2-1-bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring