O‘zbekiston Isroilning xatti-harakatlarini qoraladi

O‘zbekiston Qatarga qilingan hujumlarni qoralab chiqdi.
O‘zbekiston Respublikasi Isroilning Doha shahridagi turar joy hududiga uyushtirgan hujumlarini qoralaydi va buni Qatar Davlati suverenitetini buzish, chegaralar daxlsizligi va xavfsizligiga tajovuz deb baholaydi.
Bunday xatti-harakatlar mutlaqo nomaqbul bo‘lib, BMT Nizomini hamda xalqaro huquqning asosiy me’yor va tamoyillarini jiddiy ravishda mensimaslik hisoblanadi.
O‘zbekiston xalqaro munosabatlarda kuch ishlatishning har qanday ko‘rinishiga va Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyatni yanada keskinlashtiradigan qadamlarga izchil ravishda qarshi ekanini bildiradi, tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Ta’kidlab o‘tamiz, 9-sentyabrda Qatar poytaxtiga Isroil kuchlari hujum qildi. Ular HAMAS rahbarlarini nishonga olganini iddao qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter