O‘zbekiston OFK reytingida kuchli o‘nlikka kirdi
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) erkaklar klublari o‘rtasidagi musobaqalarning 2025/2026-yilgi mavsum oralig‘idagi yangilangan reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston ilk bor kuchli o‘nlikdan joy oldi va Avstraliya bilan tenglashib oldi (har ikkisida — 46,6 ball).
Qit’a reytingida kuchli o‘nlikka kirish shunchaki raqam emas, balki mamlakat klublarining xalqaro maydondagi raqobatbardoshligi ko‘rsatkichidir. Bu natija kelgusi mavsumlarda O‘zbekiston klublari uchun Osiyo Chempionlar ligasi (Elita va OChL-2) musobaqalarida kvotalar sonining oshishiga xizmat qilishi mumkin.
Reytingning yuqori o‘nligi:
- Saudiya Arabistoni — 122 ball
- Yaponiya — 109 ball
- Janubiy Koreya — 85,5 ball
- BAA — 74,2 ball
- Eron — 68,9 ball
- Qatar — 64,5 ball
- Tailand — 58,7 ball
- Xitoy — 49,4 ball
- Avstraliya — 46,6 ball
- O‘zbekiston — 46,6 ball
Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekiston peshqadamlik qilmoqda. Qo‘shnilarimizdan Turkmaniston 19-o‘rinda (25,8 ball), Tojikiston 23-o‘rinda (21,6 ball) hamda Qirg‘iziston 26-o‘rinda (19,3 ball) qayd etilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter