Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida uch kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida uch kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida uch kishi halok bo‘lgani bo‘yicha xabar tarqalmoqda. 

Unga ko‘ra, O‘zbekiston chegarachilari 5-may kuni Qirg‘izistonning uch fuqarosiga qarshi qurol ishlatgan. Bu haqda mahalliy OAV Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmatiga asoslanib xabar bergan.

Hodisa Jalolobod viloyati, Ola-Buqa tumani, Aktam MFYning Doboqo‘rg‘on massivida sodir bo‘lgan. Uch nafar qirg‘izistonlik o‘qdan jarohat olgan, ular Ola-Buqa tumanidagi shifoxonaga yetkazilgan. Bemorlar o‘sha yerda hushlariga kelmay vafot etdilar, deyiladi xabarda.

Ikki davlat chegara vakillari vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida uchrashuv o‘tkazgan. Hodisa yuzasidan tezkor tekshiruv tadbirlari boshlangan.

Ta’kidlash joizki, shu yilning aprel oyida ham ikki davlat chegarasida otish sodir bo‘lib ikki kishi vafot etgani xabar berilgandi.

Shuningdek, bir necha kun avval O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasida otishma bo‘lgani bo‘yicha xabar chiqqan va inkor etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring