Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston terma jamoasi Urugvayga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi Urugvayga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

Foto: «The Star Online»

Hozirgina Montevideoda Urugvay va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga yetdi.

O‘zining eng kuchli tarkibi bilan maydonga chiqqan Oskar Tabares shogirdlari yirik hisobdagi g‘alabani nishonladilar.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi, ammo Urugvayning yarim soat ichida darvozamiz tomon yo‘llagan birinchi zarbasi golga aylandi. Bellashuvning 31-daqiqasida Suares maydona markazida to‘pni olib qo‘yib, Kavaniga uzatdi. Kavani esa uni yana Suaresga qaytardi, «Barselona» futbolchisi to‘pni Arraskaetaning oyog‘iga tashlab berdi va juda chiroyli gol.

Birinchi bo‘lim ana shu hisobda yakun topdi. 53-daqiqada esa hakam Rustam Ashurmatov to‘pni qo‘l bilan o‘ynadi deya, penalti belgiladi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan Luis Suares jamoasining ikkinchi golini kiritdi.

Uchinchi gol esa Xose Mariya Ximenes hisobiga yozildi. U burchakdan oshirilgan to‘pni darvozamizga aniq yo‘lladi jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.

Aytish kerakki, O‘zbkiston terma jamoasi o‘zining yosh tarkibi bilan nomdor raqibga munosib qarshilik ko‘rsatdi.

Milliy terma jamoamiz navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 2018 yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida Qatar milliy terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
Montevideo, «Sentenario» stadioni
Urugvay – O‘zbekiston 3:0
Gollar: Jorjian de Arraskaeta (31), Luiz Suares (54), Xose Mariya Ximenes (73)
Urugvay MTJ: 1. Fernando Muslera, 16. Maksimiliano Pereyra (Diyego Laksalt, 58), 3. Diyego Godin, 2. Xose Mariya Ximenes, 22. Martin Kaseres, 8. Naxitan Nandez, 6. Rodrigo Bentankur, 15. Matias Vesino (Lukas Torreyra, 58), 10. Jorjian de Arraskaeta (Karlos Sanches, 65), 9. Luiz Suares (Kristian Stuani, 83), 21. Edinson Kavani.
O‘zbekiston MTJ: 1. Suyunov Eldor, 2. Ashurmatov Rustam, 3. A’zamov Sherzod, 4. Komilov Akromjon, 6. G‘aniyev Aziz (Aliboyev Ikrom, 73), 7. Xamrobekov Odil (G‘iyosov Xurshid, 73), 10. Turg‘unboyev Aziz (Yaxshiboyev Jasur, 58), 11. O‘rinboyev Zabihillo (Abduxoliqov Bobur, 45), 15. Muhammadiyev Shuxrat (Otaxonov Abbos 58), 17. Masharipov Jaloliddin, 22. Siddiqov Javohir (Shixov San’at, 81).
Ogohlantirishlar: Jaloliddin Masharipov (9), Rustam Ashurmatov (53), Matias Vesino (57)
Chetlatish: Komilov Akromjon (79).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring