Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Koreya prezidentlarining sammiti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va Koreya prezidentlarining sammiti bo‘lib o‘tdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-yanvar kuni Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In bilan videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu sammitni o‘tkazish to‘g‘risidagi kelishuv davlat rahbarlarining o‘tgan yil oktyabr oyidagi muloqotlari davomida erishilgan edi.

Bugungi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va alohida strategik sheriklik rishtalarini rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari o‘rin oldi.

Davlat rahbarlari tadbirni ochib, bir-birlarini samimiy qutlar ekanlar, ushbu sammit kirib kelgan yangi yilda ikkala tomon uchun ham birinchi uchrashuv ekanini alohida qayd etdilar. Bu ikki tomonlama hamkorlikda juda yuksak darajaga erishilganidan yana bir bor dalolat beradi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ta’kidlanganidek, ko‘p qirrali O‘zbekiston-Koreya munosabatlari, pandemiyaga qaramasdan, izchil rivojlanishda davom etdi. O‘tgan yili davlat rahbarlari telefon orqali ikki marta muloqot qildilar hamda Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida birgalikda ishtirok etdilar.

Murakkab sharoitlarda yirik investitsiya va savdo loyihalarining amalga oshirilishi ta’minlandi, yangi kooperatsiya ob’yektlari ishga tushirildi. Janubiy koreyalik sheriklarning ko‘magi va ishtirokida Toshkent shahrida tashkil etilgan, mintaqamiz uchun noyob bo‘lgan zamonaviy bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shular jumlasidan.

O‘zbekiston Prezidenti koreys tomoni yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish borasidagi xalqaro sa’y-harakatlarga salmoqli hissa qo‘shayotganini yuksak baholadi hamda ushbu xavfli kasallikning oldini olish, unga chalinganlarni samarali davolash va reabilitatsiya qilishda mamlakatimizga ko‘rsatilayotgan katta amaliy ko‘mak uchun minnatdorchilik bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring