Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va BMTTD qo‘shma loyihasi Blogerlar chempionati uchun 3 ta sovrin joriy qildi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va BMTTD qo‘shma loyihasi Blogerlar chempionati uchun 3 ta sovrin joriy qildi

Foto: «Careerplus.ch»

Ertaga, 12-aprel kuni start oladigan Blogerlar chempionatida asosiy mukofotlardan tashqari o‘ndan ziyod nominatsiyalar bo‘yicha ham sovrinlar topshirilishi haqida xabar bergan edik. Bu haqdagi taklifimiz birinchilardan bo‘lib, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan qo‘llab quvvatlandi. Ular bir emas, birdaniga uchta nominatsiyani joriy etishganini ma’lum qilishdi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda BMT Taraqqiyot Dasturining «Davlat boshqaruvida hamda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol qatnashishi uchun ayollarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish» qo‘shma loyihasi tomonidan Blogerlar chempionati doirasida quyidagi nominatsiyalarni e’lon qiladi:

1. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash mavzusidagi eng yaxshi videoblog.
2. Ayollarning muammolari va ularning yechimlari ochib berilgan eng yaxshi blogpost.
3. Blogerlar chempionatining eng faol blogeri (ayol bloger)

Har uchala nominatsiya g‘olibi planshet bilan taqdirlanadi. G‘oliblar O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda BMT Taraqqiyot dasturining «Davlat boshqaruvida hamda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol qatnashishi uchun ayollarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish» qo‘shma loyihasi tomonidan aniqlanadi.


Mavzuga doir:
Mukofot jamg‘armasi 60 mln. so‘mlik Blogerlar chempionatida kimlar qatnashishi mumkin?


Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi BMTTDning «Davlat boshqaruvida hamda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol qatnashishi uchun ayollarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi bilan hamkorlikda mamlakatimizda ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish mavzusida treninglar o‘tkazib kelmoqda. Ushbu treninglarda ayollarga jamiatda mavqega erishish, rahbarlik salohiyatini, o‘z kuchiga ishonchni shakllantirish, orzu-istak va g‘oyalarlarini amalga oshirish, biznes va shaxsiy hayotda kerakli muvaffaqiyatlarga erishish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar, yo‘l-yo‘riqlar beriladi.

Blogerlar chempionati doirasida e’lon qilingan nominatsiyalar g‘oliblarini saralashda ham ishtirokchilarning mustaqil fikriga, jamiyatdagi xotin-qizlar bilan bog‘liq muammolarni aniq misollar bilan ochib berish va ularning yechimlarini taklif etishiga, har kuni to‘qnashaverib ko‘z o‘rganib ketgan ijtimoiy muammolarga murosasizligiga alohida ahamiyat beriladi.


Mavzuga doir:

Blogerlar chempionatining hakamlari bilan tanishing!


Shu bilan birga, ayollarga biznes va shaxsiy hayotda kerakli muvaffaqiyatlarga erishish uchun eng muvaffaqiyatli strategiyalarni ishlab chiqish; hamkorlar bilan samarali muloqotni o‘rnatishga o‘rgatish;  odamlarda ko‘tarinkilik (motivatsiya) va hayotga ishonch uyg‘otadigan ijodiy ishlar olqishlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Blogerlar chempionati uch bosqichda bo‘lib o‘tadi. Birinchi bosqich 12-apreldan start olsa, final bosqichi 10 iyun kuni yakunlanadi. G‘olib va sovrindorlar 14-iyun — Xalqaro blogerlar kunida tantanali ravishda taqdirlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring