Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi psixologlar bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi psixologlar bilan hamkorlik qiladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan Samarqand viloyatida oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlash, huquqi buzilgan, jabrlangan ayollarga «ishonch telefonlari» orqali huquqni muhofaza qilish organlari bilan tezkor va ishonchli aloqada bo‘lishni ta’minlash va ularga eng samarali yordam ko‘rsatish muvofiqlashtirishni kuzda tutgan holda o‘rganishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-kizlarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlar bilan yakka tartibda ish olib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish, ayniqsa, chekka qishloq hududlarida onalar kasalligini va perinatal kasalliklar profilaktikasi va ularning oldini olish bo‘yicha samarali tizim tashkil qilish vazifasi berilgan edi.

Seminarda shahar, tuman Xotin-qizlar qo‘mitasining bosh mutaxassislari va operatorlari, yangi ta’sis etilgan Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etishdi va og‘ir vaziyatlarda telefon orqali qanday yordam berish lozimligi haqida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Ta’kidlash lozimki, «ishonch telefonlari» bilan ishlash uchun O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tajribali psixologlar bilan hamkorlik qiladi. Bu esa o‘z natijasini berishi aniq.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring