O‘zbekistonda 6 oyda 175 mingdan ortiq avtomobil sotildi
2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va sotilgan avtomobillar soni 175 ming 374 donani tashkil etdi. «O‘zavtosanoat» ma’lumotlariga ko‘ra, eng yuqori natija «UzAuto Motors» hissasiga to‘g‘ri kelib, kompaniya 81 ming 210 ta avtomobil sotgan.
Ikkinchi o‘rinda 54 ming 862 ta avtomobil bilan «Khorezm Auto» qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarni «ADM Jizzakh» — 21 ming 743 ta, «BYD Uzbekistan Factory» — 17 ming 12 ta, «Samarqand avtomobil zavodi» — 397 ta va «Asaka Motors» — 150 ta avtomobil bilan egalladi.
Infografikaga ko‘ra, umumiy sotuvning 46,3 foizi «UzAuto», 31,3 foizi «Khorezm Auto», 12,4 foizi «ADM», 9,7 foizi «BYD» hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Brendlar kesimida «Chevrolet» mutlaq yetakchilik qildi. Hisobot davomida ushbu brendning 136 ming 72 ta avtomobili sotildi. Keyingi o‘rinlarda «BYD» — 17 ming 10 ta, «Kia» — 12 ming 286 ta, «Chery» — 4 ming 820 ta va «Haval» — 4 ming 402 ta avtomobil bilan qayd etildi.
Avtomobillar segmentlari bo‘yicha esa «Sedan-B» turidagi modellar eng katta ulushni egallab, jami sotuvning 34,5 foizini tashkil qildi. «LCV» segmenti ulushi 31,4 foiz, «SUV-B» — 22 foiz, «SUV-C» — 7 foiz, «Sedan-C» — 3 foiz va «Sedan-D» — 1,1 foizni tashkil etgan.
Modellar kesimida eng ko‘p sotilgan avtomobil «Cobalt» bo‘lib, uning sotuvi 40 ming 936 donani tashkil qildi. Keyingi o‘rinlarda «Damas» — 34 ming 286 ta, «Tracker» — 20 ming 274 ta, «Labo» — 19 ming 723 ta va «Onix» — 19 ming 595 ta avtomobil bilan joylashdi.
Shuningdek, eng ommabop modellar qatoridan «Kia Sonet» (9 653 dona), «BYD Song Plus DM-i» (5 630), «BYD Yuan-Up» (4 277), «Chazor Champion» (3 771) va «Haval M6» (2 095) ham o‘rin oldi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter