Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda erkaklar ayollarga nisbatan 8,2 baravar ko‘proq jinoyat sodir etgan

O‘zbekistonda erkaklar ayollarga nisbatan 8,2 baravar ko‘proq jinoyat sodir etgan

Respublika Oliy sudi sudlarning 2020-yildagi jinoyat ishlari bo‘yicha faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

O‘tgan yilda O‘zbekistondagi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 27999 kishiga nisbatan sud hukmi chiqarildi, shundan 24972 nafari erkaklar va 3027 nafari ayollardir, deya xabar qildi respublika Oliy sud matbuot xizmati.

Jumladan, 10 ming 371 nafar mahkum yoshlar (shu jumladan 499 nafar voyaga yetmaganlar), 908 kishi 60 yoshdan katta.

Ulardan 7 110 kishiga nisbatan qamoq jazosi tayinlandi.

Qamoqqa aloqador bo‘lmagan jazolarni tayinlash munosabati bilan 3434 kishi sud zalida qamoqdan ozod qilindi, 21970 kishi jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi, 6 ming 959 kishi yengilroq jazoga hukm qilindi. Shuningdek 222 nafar yoshlar, 37 nafar ayol, 1024 nafar shaxsga kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring