O‘zbekistonda ikki kunda besh marta zilzila qayd etildi
O‘zbekistonda ikki kunda besh marta zilzila sodir bo‘ldi. Ularning barchasi Buxoro viloyatining Jondor tumani hududida qayd etilgan.
Xususan, bugun, 22 may kuni soat 10:44da navbatdagi zilzila yuz berdi. Zilzila magnitudasi — 4. Bundan biroz avval, soat 10:15 da 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.
Boshqa hududlarda sezilish kuchi quyidagicha bo‘ldi:
- Gazli shahrida 2-3 ball;
- Peshko‘ tumanida 2 ball;
- Qorako‘l tumanida 2 ball;
- Jondor tumanida 2 ball.
Zilzila boshqa viloyatlarda sezilmagan.
Bunga qadar 22 may kuni 01:32, 21 may kuni 12:29 va 15:47da zilzilalar qayd etilgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter