Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda jinoyatchilik kamaygan

O‘zbekistonda jinoyatchilik  kamaygan

Foto: «otzovik74.ru»

Joriy yilning 28-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi Yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.Murodovning hisoboti eshitilgani haqida xabar bergandik.

Hisobotda qayd etilishicha, sud-huquq sohasidagi islohotlarni amalga oshirish jarayonida jinoyat va qonunbuzilishlarning yuz bergan oqibatlari bilan kurashish emas, balki ularning tub sabablarini tizimli bartaraf etishga e’tibor qaratilmoqda.

Natijada o‘tgan yilda respublikada umumiy jinoyatchilikning 15,7 foizga kamayishiga erishilgan. Shuningdek, jinoyat sodir etgan shaxslar soni 15,6 foizga, shu jumladan, ayollar o‘rtasida 17,4 foizga va voyaga yetmaganlar o‘rtasida 16,1 foizga kamaygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring