Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 40 mingdan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 40 mingdan oshdi

Foto: «Xabar.uz»

2020-yil 26-avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 40 054 (+90) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining barcha 90 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Chilonzor tumanida yashagan 79 yoshli V.Ya. (erkak), Olmazor tumanida yashagan 73 yoshli M.K. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahrida 428 nafar, Toshkent viloyatida 115 nafar, Samarqand viloyatida 13 nafar, Namangan viloyatida 11 nafar, Surxondaryo viloyatida 6 nafar, Andijon viloyatida 4 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar bemor tuzalgan.

Shunday qilib, yurtimizda 36 562  (+579) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (91 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 199 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring