Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 327,5 mingtaga yetdi

O‘zbekistonda mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 327,5 mingtaga yetdi

2026-yilning 1-fevral holatiga O‘zbekistonda 415,2 mingta tijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.

Ulardan 327,5 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) bo‘lib, bu umumiy korxonalar sonining 78,9 foizini tashkil etdi.

Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar soni:

  • Mas’uliyati cheklangan jamiyat — 327 495 ta (78,9 foiz);
  • Xususiy korxonalar — 47 179 ta (11,4 foiz);
  • Oilaviy korxonalar — 36 440 ta (8,8 foiz);
  • Aksiyadorlik jamiyati — 634 ta (0,1 foiz);
  • Boshqalar — 3 436 ta (0,8 foiz).
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring