Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi e’lon qilindi

O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi e’lon qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi e’lon qilindi.

2019 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2 092 600 so‘mni tashkil etdi. Ayni vaqtdagi o‘rtacha ish haqi 2018 yilning mos davriga nisbatan 30,1 foizga o‘sgan.

Ish haqida ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlamagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan.

Shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar uchun daromad solig‘i va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring