Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda prezident saylovlari ikki oy oldinga surilishi mumkin

O‘zbekistonda prezident saylovlari ikki oy oldinga surilishi mumkin

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekistonda prezident saylovlari oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda «Yuksalish» umummilliy harakati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu masala Quyi palatadagi siyosiy partiyalar fraksiyalari yig‘ilishida muhokama qilingan. Agar ushbu xabar tasdiqlansa, Konstitutsiya va Saylov kodeksiga tegishli o‘zgartishlar kiritish kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvallari Prezident saylovlari dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilardi.

O‘zbekistonda prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlari 2021-yil 1-martdan boshlanishi xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring