O‘zbekistonda Scopus Award talqini bo‘yicha «Yil olimlari» nomi e’lon qilindi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Niderlandiyaning ilm-fanga ixtisoslashgan «Elsevier» nashriyot kompaniyasi bilan birgalikda dunyoning yirik ilmiy-tahliliy ma’lumotlar bazasi bo‘lgan Scopus statiskasi bo‘yicha samarali faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik yetakchi olimlarning nomlarini e’lon qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
«Scopus Award-2018» taqdirlash marosimida yil davomida ilmiy-tadqiqot faoliyat bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik olimlar o‘rtasida to‘qqizta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
Taqdimotda o‘zbekistonlik olimlar tomonidan amalga oshirilayotgan tadqiqotlarning sifati hamda jahondagi iqtiboslari jihatidan nufuzli o‘ntalikka kirgan jurnallarda chop etilgan maqolalari soni ancha oshganligi e’tirof etildi.
«SCOPUS AWARD-2018»da taqdirlanganlar:
- «Researcher of the Year» («Yil olimi») nominatsiyasi – Dilshod To‘laganov (Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti), Temurbek Usmonov, Bobomurod Ahmedov (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi);
- «High Performance award» (Eng sermahsul OTM) nominatsiyasi – O‘zbekiston Milliy universiteti;
- «Outstanding Research Impact Award» (Tadqiqotlarda erishgan ulkan natijasi uchun) nominatsiyasi – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi;
- «Growth of the Year» (Yilning eng muvaffqiyatga erishgan OTM) nominatsiyasi – Tashkent pediatriya tibbiyot instituti;
- «Breakthrough of the Year» (Yil kashfiyoti) nominatsiyasi – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti;
- «Library of the Year» (Yil kutubxonasi) nominatsiyasi – Samarqand davlat universiteti;
- «Contribution to Science» (Ilm rivojiga qo‘shgan hissasi uchun) nominatsiyasi – Tashkent davlat iqtisodiyot universiteti;
- «Eng yosh olim» nominatsiyasi – Mirabbaos Xo‘jamberdiyev;
- «Women in Science» (Yil olimasi) nominatsiyasi – Shaxlo Turdiqulova.
Scopus Award mukofoti – jahoning nufuzli ilmiy mukofoti hisoblanib, Elsevier kompaniyasining dunyo miqyosidagi tashabbusi sanaladi. Mukofot olimlarning sermahsul faoliyatini rag‘batlantirish, ziyoliylar mavqeni ko‘tarish hamda yoshlar o‘rtasida ilmiy faoliyat bilan professional shug‘ullanishni ommalashtirishga yo‘naltirilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter