Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda tez kunda yo‘l harakati qoidasi buzilishi uchun elektron bayonnoma tuzilishiga o‘tiladi

O‘zbekistonda tez kunda yo‘l harakati qoidasi buzilishi uchun elektron bayonnoma tuzilishiga o‘tiladi

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu yig‘ilishda shahar va tumanlarda faoliyat yuritayotgan vaqtinchalik jarima maydonlarining rahbarlari, shuningdek DYHXXning ma’muriy amaliyot inspektorlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda karantin davrida va umuman turli qoidabuzarliklar uchun vaqtinchalik jarima maydonlariga kiritilgan transport vositalarini chiqarishning qonuniy yechimlari hamda bu ishda qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish masalasi muhokama qilindi. Yig‘ilganlarga jarima maydonlarida o‘tkazilgan nazorat tekshiruvlari natijalari e’lon qilinib, aniqlangan kamchiliklar va ularni tezda bartaraf etish choralari ishlab chiqildi.

Xabaringiz bor so‘nggi yillarda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga ko‘plab innovatsion yangiliklar olib kirilmoqda. Shulardan biri bu harakatlanish xavfsizligini ta’minlash ishlari samaradorligini oshirish maqsadida joriy etilayotgan zamonaviy planshetlardir. Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, yo‘l-patrul xizmati inspektorlari qoidabuzarliklar sodir etayotgan yo‘l harakati ishtirokchilariga nisbatan elektron tarzda bayonnoma rasmiylashtirish tartibi joriy etilmoqda. Yig‘ilishda planshetlardan foydalanish tartiblari, aynan shunday elektron bayonnomalar rasmiylashtirilgan transport vositalarini jarima maydonlariga olib borish va rasmiylashtirish tartiblari ham muhokama qilinib, bu yo‘nalishda xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring