22-mart — Butunjahon suv kuni. O‘zbekistonda u qanday nishonlanmoqda?
Butunjahon suv kuni har yili 22-mart kuni nishonlanadi. 2018-yilgi Butunjahon suv kuni mavzusi «Tabiat suv uchun» — 21 asrda yuzaga kelgan suv muammolarining yechimini topishda tabiatni muhofaza qilish bilan bog‘liq masalalarning rolini o‘rganish etib belgilangan.
Zarar ko‘rgan ekotizimlar inson iste’moli uchun mo‘ljallangan suvning miqdori va sifatiga ta’sir qiladi.
Bugungi kunda 2,1 milliard inson uy sharoitida xavfsiz ichimlik suvisiz yashaydi, bu esa ularning sog‘lig‘iga, ta’lim olishiga va yashashiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Mintaqadagi eng yirik va eng keng sug‘oriladigan maydoniga ega bo‘lgan O‘zbekiston bugungi kunga kelib sug‘orish va ichimlik ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan daryo va ko‘llarning chuchuk suv resurslariga bog‘lanib qolgan. Suv insonlarning ijtimoiy va iqtisodiy farovonligi va eng muhim bo‘lgan ekotizimlarning hayotiy faoliyati uchun tabiiy boyliklaridan biri hisoblanadi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutida Butunjahon suv kunini nishonlash doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda O‘zbekistonning 5ta oliy ta’lim muassasasidan 150dan ortiq talaba va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Ushbu tadbirlar fotosuratlar ko‘rgazmasini, bahs-munozaralarni, video tanlovlarni va innovatsion suv texnologiyalari ko‘rgazmasini o‘z ichiga oldi.
Talabalar tomonidan namoyish etilgan 15dan ortiq ko‘rgazmali loyihalarda suv resurslarini samarali va barqaror boshqarish hamda suvni tejash texnologiyalari bo‘yicha innovatsion g‘oyalar kiritildi.
Turli viloyatlardan ishtirok etgan 17 jamoa O‘zbekistonda suv resurslaridan barqaror va oqilona foydalanish bo‘yicha ijtimoiy ahamiyat ega bo‘lgan video taqdimotlarini havola etish orqali bir-birlari bilan raqobatlashdilar.
Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Yevropa Ittifoqining «O‘zbekistonning qishloq hudularida suv resurslarini barqaror boshqarish» dasturi doirasida BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan amalga oshirilayotgan «Texnik salohiyatni mustahkamlash» qo‘shma loyihasi tomonidan tashkil etildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter