Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga eng ko‘p sayyoh qaysi mamlakatdan kelishmoqda?

O‘zbekistonga eng ko‘p sayyoh qaysi mamlakatdan kelishmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-sentyabr oylarida qariyb 1,4 mln nafar chet el fuqarolari sayohat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda deyarli 506 ming nafarga oshgan.

Joriy yilning 9 oyida O‘zbekistonga sayohat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

Rossiya — 269 158 nafar;

Turkmaniston — 193 635 nafar;

Qozog‘iston — 143 898 nafar;

Xitoy — 117 864 nafar;

Qirg‘iz Respublikasi — 114 005 nafar;

Tojikiston — 84 696 nafar;

Turkiya — 50 976 nafar;

Italiya — 32 635 nafar;

Hindiston — 32 254 nafar;

Germaniya — 29 632 nafar;

Koreya — 26 832 nafar;

AQSh — 23 630 nafar;

Boshqa davlatlar — 255 855 nafar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring