Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik rektorlar Turkiya forumida qatnashyapti

O‘zbekistonlik rektorlar Turkiya forumida qatnashyapti

Shu kunlarda Turkiyaning Izmir shahrida o‘tkazilayotgan «Industriyada texnologik tizimlar va muhandislik ta’limi: tendensiyalar va istiqbollar» mavzusidagi Turkiya va O‘zbekiston texnik oliy ta’lim muassasalari forumi universitet rektorlari, ishbilarmonlar va biznes vakillarini bir joyga to‘pladi.

«Forumning ikkinchi kunida Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi biznes aloqalarining rivojlanishi bilan bir qatorda akademik sohani rivojlantirish bo‘yicha ham kelishuvlarga erishdik. Bu tashabbuslar mamlakatimiz va qardosh yurtimiz Turkiyaning ta’lim va biznes sohasi uchun foydali bo‘lishiga ishonamiz», deyiladi xabarda.

Xalqaro forumning ikkinchi kunida Turkiya davlatining Egey mintaqasi sanoat palatasi prezidenti, Egey eksportchilar uyushmasi koordinatori, Izmir savdo palatasi prezidenti va boshqalar bilan uchrashdi, turli kelishuvlar imzolangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring