Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik xattot Qur’oni Karimni Samarqand qog‘ozida yozmoqda

O‘zbekistonlik xattot Qur’oni Karimni Samarqand qog‘ozida yozmoqda

Foto: Askar Yakubov

Samarqandlik tajribali xattot Jamil Ergashev bundan uch yil oldin «Sadqai joriya»ga qo‘l urgan edi. Ya’ni Qur’oni Karimni Samarqand qog‘oziga yozishga kirishgan edi. Bugungi kunda qadar ushbu muqaddas kitobning 25 besh porasi bitib bo‘lindi. Hunarmand qolgan 5 porasini Mustaqillik bayramigacha yozib tugatishni niyat qilgan, deb xabar qildi «Xalq so‘zi».

— Bugungi kunda butun dunyoda Qur’oni Karim nash xatida yoziladi, — deydi xattot. — Biz hajman nisbatan katta va murakkab bo‘lgan suls xatida yozyapmiz. Sababi, Qur’oni Karim nusxasining kattaligi yurtimizda saqlanayotgan Usmon Mushafi bilan bir xil bo‘ladi. Uning bir sahifasini yozishga o‘rtacha 3-4 kun vaqt kerak bo‘lyapti.

Ushbu Qur’oni Karimning yozib bo‘lingan qismi Buxoroda bo‘lib o‘tayotgan I Xalqaro ziyorat turizmi forumida nufuzli tadbir ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring