Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik yosh mutaxassislar antiqa universal tirkama yaratishdi (foto)

O‘zbekistonlik yosh mutaxassislar antiqa universal tirkama yaratishdi (foto)

Foto: «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ matbuot xizmati

«O‘zagrotexsanoatxolding» AJ tizimidagi O‘zbekiston-Koreya qishloq xo‘jaligi texnikalari konstruktor-texnologik markazi yosh mutaxassislari tomonidan universal traktor tirkamasi ishlab chiqildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ matbuot xizmati

Ushbu traktor tirkamasining afzalligi — bu tirkamaga nafaqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ortish, balki undan mavsum davomida fermer xo‘jaliklarining ishchi xodimlarini tashish, undan maxsus shtab sifatida, dala sharoitida yashash uchun ko‘chma uy sifatida ham foydalanish mumkin. Ma’lum qilinishicha, loyiha «O‘zagrotexsanoatxolding» kompaniyasi raisi M.Karimovning g‘oyasi asosida ishlab chiqilgan.

Tirkama 24 kishini tashish imkoniga ega, yuk ko‘taruvchanligi 4 tonna, barcha g‘idiraklariga tormoz tizimi o‘rnatilgan. To‘xtab turish tormozi, elektr yoritish jihozlari bilan to‘liq jihozlangan. Odam tashish vaqtida ularning xavfsizlini ta’minlash uchun tirkamaning dastlab 3D-varianti loyihalanib, u to‘liq tekshirib ko‘rilgan.

Universal traktor tirkamasini loyihalashda markaz bosh direktori Sh.Ahmedov, yetakchi mutaxassislar K.Begmatov, M.Botirov, A.Muslimov, M.Jumaniyozov va TGTU magistrati A.Akbaraliyevlar faol ishtirok etishdi.

Foto: «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ matbuot xizmati

Loyihani amalga oshirishda «Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi» AJ bosh muhandisi V.Kozinskiy va zavod sexlari mutaxassislari yaqindan ko‘maklashishdi.

Bugungi kunda mazkur tirkamani davlat sinovlardan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring