O‘zbekistonning JChdagi o‘yinlari maktablarda namoyish etiladi
220 ta maktabda O‘zbekiston milliy jamoasi o‘yinlari katta ekranda namoyish etiladi.
Joriy yilning iyun-iyul oylarida o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladigan futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joylardagi umumta’lim maktablarida «Muxlislar maydoni» loyihasi tashkil etilmoqda.
Mamlakatimizning 208 ta tuman (shahar)da belgilangan mazkur maktablar ro‘yxati bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.
Futbol tomoshalari uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan mazkur maktablarda barcha o‘quvchilar, ota-onalar va boshqa yurtdoshlarimiz katta ekranlar orqali jahon chempionatidagi futbolchilarimiz o‘yinlarini jonli efirda tomosha qilishlari mumkin.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi guruh bosqich o‘yinlari jadvali (Toshkent shahri vaqti bilan)
- O‘zbekiston — Kolumbiya (18-iyun, soat 7:00);
- O‘zbekiston — Portugaliya (23-iyun, soat 22:00);
- O‘zbekiston — Kongo (28-iyun, soat 4:30)


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter