Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning 9 banki onlayn konversiya uchun mobil ilovalarni ishga tushirdi

O‘zbekistonning 9 banki onlayn konversiya uchun mobil ilovalarni ishga tushirdi

Foto: «Hamkorbank»

1 apreldan jismoniy shaxslar xalqaro to‘lov kartalaridagi xorijiy valyutani naqd ko‘rinishda yechib olish huquqiga ega bo‘lgani haqida xabar bergandik.

Hozirda bir nechta tijorat banklari kassalari, valyuta ayirboshlash punktlari va bankomatlar orqali naqd valyutani yechib olish uchun sharoitlar yaratilmoqda.

Bundan tashqari, «Milliy bank», «Hamkorbank», «O‘zsanoatqurilishbank», «Ipotekabank», «Orient Finans Bank», «Agrobank», «Asia Alliance Bank», «Qishloqqurilishbank» va «Ipak Yuli» banklari tomonidan xalqaro to‘lov kartalarida xorijiy valyutani sotish va sotib olish imkoniyatini beradigan mobil ilovalar ishlab chiqilgan. Mazkur ilovalarni «Google Play» va «AppStore»dan yuklab olish mumkin.

Boshqa banklar tomonidan ham bunday mobil ilovalar ishga tushirilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring