Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Malayziyadagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Malayziyadagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Karomidin Gadoyev bugun Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurga yetib bordi.

Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

59 yoshli diplomat shu kunga qadar TIVning BMT va boshqa xalqaro siyosiy tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Karomiddin Gadoyev Buxoro viloyati Kumushkent qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) geografiya fakultetini tamomlagan. Geografiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega. 1995-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida, jumladan, markaziy apparatda, O‘zbekistonning NATOdagi missiyasi va Bryusseldagi elchixonada turli lavozimlarda ishlagan.

Birinchi darajali maslahatchi diplomatik martabasiga ega.

Karomidin Gadoyev 2018–2023-yillarda Kuala-Lumpurdagi diplomatik missiyaga rahbarlik qilgan Ravshan Usmonov o‘rniga tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring