Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning «qotil ko‘chalari». Bir haftada 46 nafar qurbon

O‘zbekistonning «qotil ko‘chalari». Bir haftada 46 nafar qurbon

Foto: «iibb.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining xabariga ko‘ra o‘tgan haftada (13-avgustdan 19-avgustgacha) respublika avtomobil yo‘llarida jami 173ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ushbu hodisalarda 46 nafar fuqaro halok bo‘lib, 166 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Hafta davomida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 82132ta qoidabuzarliklar aniqlanib, bu qoidabuzarliklarning 39623tasini qo‘pol qoidabuzarliklar tashkil etadi.  Jumladan, 1487 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqarganligi, 11125 nafar haydovchi belgilangan tezlik talablarini, 1040 nafar haydovchi svetoforning taqiqlovchi ishorasiga rioya etmasdan chorrahalardan o‘tish qoidasini, 12007 nafar haydovchi odam tashish, 266 nafar haydovchi temir yo‘l kesishmalaridan o‘tish qoidasini buzganligi uchun to‘xtatilib, ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring