Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident farmoni bilan «O‘zbekkosmos» agentligi tashkil etiladi

Prezident farmoni bilan «O‘zbekkosmos» agentligi tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasida kosmik faoliyatni rivojlantirish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasining Yo‘ldosh aloqa texnologiyalari boshqarmasi tugatilib, uning bo‘shaydigan 5 ta shtat birligi «O‘zbekkosmos» agentligiga o‘tkaziladi.

«O‘zbekkosmos» agentligi kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati va strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Quyidagilar «O‘zbekkosmos» agentligining asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati va strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • O‘zbekiston Respublikasida kosmik tarmoqni rivojlantirishning davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • kosmik faoliyat, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
  • kosmik faoliyat sohasining lozim darajada rivojlanishi, sohaga tegishli va u bilan bog‘liq ishlar, xizmat ko‘rsatishning bajarilishini ta’minlash maqsadida kosmik faoliyat sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
  • kosmik tarmoq infratuzilmasi, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar, ilmiy-izlanish, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlarni rivojlantirish bo‘yichakompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • kosmik faoliyatning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarni, jumladan, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
  • stratosfera va boshqa uchuvchisiz uchish apparatlari, shuningdek, yerni masofadan turib zondlash va yo‘ldoshli aloqa kosmik apparatlarini qo‘llagan holda davlat organlariga masalalarni hal etish samaradorligini oshirishda ko‘maklashish;
  • kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
  • xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni kosmik faoliyat sohasiga, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari, donor-mamlakatlar, kompaniyalar va banklar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
  • kosmik va yo‘ldosh texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy tijorat tuzilmalari, ishlab chiqaruvchilar va moliya resurslarining keng jalb etilishini ta’minlash;
  • kosmik faoliyatning ayrim yo‘nalishlari tijoratlashtirilishini rag‘batlantirish.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring