Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbektelekom»: tarif 56 ming so‘mgacha pasayadi!

«O‘zbektelekom»: tarif 56 ming so‘mgacha pasayadi!

Foto: Sergey Nasledov

Bugun, 24-dekabr kuni O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyida «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi matbuot anjumani o‘tkazdi. Kompaniya 2019-yilda qilingan ishlar va 2020-yil rejalari haqida jurnalistlarga ma’lumot berdi.

Foto: Sergey Nasledov

Ma’lumot berilishicha, 2019-yil davomida kompaniyaning Xalqaro paketli kommutatsiya markaziga ulangan provayder va operatorlar uchun tashqi kanalga ulanish tariflari narxi 1 Mbit/s. uchun 85 ming so‘mdan 75 ming so‘mgacha (17 foizga) arzonlashtirilgandi. 2020-yilning 1-yanvaridan esa mazkur tarif 56 ming so‘mgacha (20 foiz) pasayishi kutilmoqda!

Diagramma: «Xabar»

O‘zbekistonda 2019-yilda internet xizmatlariga tariflar o‘rtacha 4 baravarga arzonlashdi va simli internet tezligi butun O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun deyarli 2 baravarga oshdi, deyiladi kompaniya bergan ma’lumotda.

«O‘zbektelekom» AK bugungi kunda aholi uchun eng yuqori — 100 Mbit/s. tezlikdagi tarif rejasini taqdim etmoqda. Internet narxi esa 3,5 baravardan ziyodga kamaygan.

Solishtirish uchun: 2018-yilda kompaniyaning eng yuqori  tezlikdagi tarif rejasi 20 Mbit/s.dan oshmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring