Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarni rasmiylashtirish jarayonlari soddalashtiriladi

O‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarni rasmiylashtirish jarayonlari soddalashtiriladi

23-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqilgan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi o‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarga hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirishni nazarda tutmoqda.

Deputatlarning ta’kidlashicha, 2024-yil 5-avgust kuni qabul qilingan Qonun fuqarolarning yillar davomida hal bo‘lmay kelgan uy-joy va yerga doir muammolariga yechim bo‘ldi. Biroq, Qonun amaliyotida aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida mazkur qonun loyihasini ishlab chiqish zarurati tug‘ilgan.

Loyihaga ko‘ra, eng muhim yangiliklardan biri — 1 ta obyekt bo‘yicha yakuniy xulosa berish muddati 150 kundan 50 kunga qisqartirilmoqda.

  • Vakolatli tashkilotlar — 20 kun
  • Jamoatchilik muhokamasi — 10 kun
  • Adliya organlari — 20 ish kuni

Bu o‘zgarish Qonunning 2028-yil 1-yanvargacha amal qilishini inobatga olgan holda qabul qilinmoqda.

Shuningdek, amaliyotda huquqni e’tirof etishga to‘sqinlik qilayotgan eng katta muammolardan biri — soliq va to‘lov masalasi edi.

Hozirda 243 mingdan ortiq ob’yektda soliq qarzi bor hamda ular Qonun doirasida hal bo‘lmay qolmoqda.

Shu sababli quyidagi takliflar ilgari surildi:

  • coliq qarzi BHMning 30 baravaridan oshmasa (12,3 mln so‘m) — huquq e’tirof etilishi mumkin;
  • 1 martalik to‘lov 20 ish kunida amalga oshirilsa — 50 foiz chegirma;
  • to‘lovni 1 yildan 3 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring