Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pensiya va nafaqa to‘lovlari o‘z vaqtida, o‘z egalariga topshirilmoqda

Pensiya va nafaqa to‘lovlari o‘z vaqtida, o‘z egalariga topshirilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-martdagi «Pensiyalar va nafaqalar to‘lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan 2017 yilning iyul oyidan boshlab respublikamizning barcha hududlarida pensiya to‘lovlari Xalq banki filiallari orqali to‘lanmoqda.

Xalq bankining barcha filiallarida pensiya va nafaqa pullarini tarqatish bo‘yicha jami 2 000 ta sayyor kassa tashkil qilinib, ularda 590 ta «Damas» rusumli hamda tog‘li va cho‘l zonalari uchun 11 ta «UAZ-Xanter» avtomashinalari xizmat qilmoqda.

Pensiya va nafaqa oluvchi aholi qatlamining yoshini inobatga olib, sayyor kassalarga 4000 nafar kollej bitiruvchisi ishga qabul qilindi. Ularga fuqarolar bilan muloqotda muomala madaniyatiga alohida e’tibor qaratishlari bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etildi.

Pensiya va nafaqa oluvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Pensiya jamg‘armasi bilan hamkorlikda «SMS-pensiya» xizmati joriy qilindi. Ushbu interaktiv xizmat orqali pensionerlarning mobil aloqa vositalariga to‘langan pensiya miqdori, muddatlari to‘g‘risida bepul ma’lumot yuborilishi ta’minlanmoqda.

Ushbu xizmat o‘z navbatida fuqarolarga pensiya miqdorlarini hisobini hamda nazoratini yuritish imkoniyatini yaratdi.

Joylarda yuzaga keladigan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda tezkorlik bilan ularni bartaraf etilishini tashkil etish maqsadida, Xalq banki tizimida qisqa raqamli «Ishonch telefoni» (11-06) faoliyati yo‘lga qo‘yildi. «Ishonch telefoni»ga bo‘ladigan murojaatlar tezkor tartibda hal etilishi qat’iy nazorat qilib borilmoqda.

Pensiya va nafaqa to‘lovlarini o‘z vaqtida hamda to‘liq yetkazilishi ta’minlash, mablag‘lar xarakati ustidan doimiy nazoratni o‘rnatish maqsadida sayyor kassalar uchun ajratilgan avtomashinalarga GPS qurilmalari o‘rnatilib, har bir fuqaroga to‘langan pensiya va nafaqalarni «on-layn» tizimda mobil qurilma (planshet) orqali qayd qilish va avtomatik ravishda bu to‘g‘risida fuqaroni xabardor qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Pensiya jamg‘armasi va davlat budjeti mablag‘larini maqsadli sarflanishini ta’minlash, pochta tizimida kuzatilgan to‘lov qaydnomalariga asossiz o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Pensiya jamg‘armasi bilan axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilib, to‘lov qaydnomalari qat’iyan elektron shaklda yuritilishi joriy qilindi.

Bugungi kunda Xalq banki sayyor kassalari tomonidan 3 mln. nafardan ziyod pensiya va nafaqa oluvchilarga har oyda 1,5 trln. so‘mdan ortiq mablag‘lar oyning 27-sanasiga qadar o‘z egalariga to‘liq yetkazib kelinmoqda.

Bundan tashqari, pensiya va nafaqalar to‘lovini to‘liq avtomatlashtirish, pensiya olganligini yozma ravishda tasdiqlash bilan bog‘liq jarayonlarni elektron shaklga o‘tkazish maqsadida Pensiya jamg‘armasi bilan hamkorlikda pensiyanerlarning «Elektron guvohnomasi - ID-card»ni amaliyotga tatbiq etish ishlari olib borilmoqda.

O‘z navbatida ushbu elektron guvohnomalar kelgusida pensionerlar uchun boshqa xizmatlardan foydalanishda imtiyozlarni joriy qilishda qo‘llash rejalashtirilgan.

 

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring