Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Penzada o‘zaro janjalda hamyurtini o‘ldirgan o‘zbekistonlik 7 yilga qamaldi

Penzada o‘zaro janjalda hamyurtini o‘ldirgan o‘zbekistonlik 7 yilga qamaldi

Foto:«Pars Today»

Rossiyaning Penza shahar sudi o‘zaro janjalda hamyurtini o‘ldirgan o‘zbekistonlikka 7 yil muddatga ozodlikda mahrum qilish jazosini tayinladi. Bu haqda Rossiya tergov qo‘mitasining Penza boshqarmasi xabar berdi.

Voqea quyidagicha sodir bo‘lgan: ikki migrant kafeda nizoga borgan va kelishmovchilik uyda ham davom etgan. Marhum sherigiga past ish haqidan shikoyat qilgan, janjal kuchaygan. Ayblanuvchi marhumning bosh va ko‘krak qismlariga zarba bergan, uni bo‘ynidan bo‘g‘ib olgan.  

Jabrlanuvchi bo‘g‘ilish (kislorod yetishmasligi)dan halok bo‘lgan.

 

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring