Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poytaxt ko‘chalarini yana suv bosdi, Toshkent viloyatida esa do‘l yog‘di (foto+video)

Poytaxt ko‘chalarini yana suv bosdi, Toshkent viloyatida esa do‘l yog‘di (foto+video)

Foto: Facebook / «Voditeli Tashkenta»

Kuchli yomg‘ir sabab Toshkent shahri ko‘chalarini yana suv bosdi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari ushbu holatlarni aks ettirgan foto va videolarni joylashmoqda.

Foto: «Voditeli Tashkenta»

Yuqoridagi videolavhada Yunusobod tumanidagi «Megaplanet» supermarketi atrofidagi holat aks etgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining yozishicha, ushbu ko‘chada yig‘ilgan suv sathi avtomobil yoritgichlari darajasigacha ko‘tarilgan va ayrim avtomobillar yo‘lning o‘rtasida o‘chib qolgan.

Toshkent shahrida kuchli yomg‘ir yog‘ayotgan bir paytda, Toshkent viloyatiga do‘l tushdi.

«O‘zgidromet»  respublikamiz bo‘ylab yomg‘irli ob-havo ertadan nihoyalashini va shu bilan oy oxiriga qadar boshqa yog‘ingarchilik kuzatilmasligini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring